Qabul—2022: Universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarining navbatdagi kuni boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 8-avgust kuni Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yoʻnalishi boʻyicha, kunduzgi), Sport faoliyati:futbol (kunduzgi), Musiqa taʼlimi (sirtqi) yo'nalishlarida imtihonlar o'tkazilmoqda.

Jarayonlar doimiy kameralar kuzatuvida https://camera.urdu.uz/ sayti orqali jonli efirga berilmoqda. Abituriyentlarni kuzatib kelgan ota-onalar uchun kutish xonalari tashkil etilgan va xonalarga joylashtirilgan monitorlarda imtihon jarayonlari namoyish etib borilmoqda.

Imtihonlarni adolatli, shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida tajribali mutaxassislar jalb etilgan, ilk bora bu yilgi imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens nazorat” bo'limi xodimlari jalb etilgan. IIB, Milliy gvardiya va tibbiyot xodimlari hududda xavfsizlikni ta'minlab bermoqda.