Urganch davlat universitetiga 2022-2023 o’quv yili uchun bakalavriat bosqichiga 29 nafar ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi abituriyentlar hujjat topshirgan bo’lib, ular 8-9 avgust kunlari ijodiy imtihon topshirishlari belgilangan.
Bugun, 8-avgust sanasida imtihonlarning ilk kuni boʻlib oʻtdi.
Dastlab, universitet Qabul komissiyasi aʼzolari barcha abituriyentlar bilan suhbatlashdilar, imtihon jarayonlarida omad tilab, iliq tilaklarini bildirib oʻtdilar.
Universitetda ko'zi ojiz abituriyentlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. 29 nafar abituriyent 13 ta ta’lim yo’nalishi boʻyicha ijodiy (kasbiy) imtihon topshirishdi. Abituriyentlar imtihonlarni mutaxassislik fanlardan yozma shaklda brayl alifbosida va amaliy tarzda topshirishdi.



