Ushbu imtihon jarayonida respublikamizning qator davlat oliy taʼlim muassasalaridan professor-o’qituvchilar jalb qilingan bo’lib, ular abituriyentlarning bilim mahoratlarini hamda iqtidorlarni sinovdan oʻtkazishda o’z hissalarini qo’shdilar.
▫️Shu munosabat bilan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 25-iyuldagi 238-sonli burug’iga asosan, Urganch davlat universitetining 2022-2023 o’quv yili qabulida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlariga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarini adolatli va shaffof o’tkazilishidagi ko’rsatgan samarali xizmatlari uchun professor-o’qituvchilar Urganch davlat universiteti rektorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi. Tashakkurnomalarni samimiy minnatdorchiligini izhor etgan holda rektor Baxrom Abdullayevning oʻzi topshirdi.



