Bugun, 11-avgust kuni Avstriyaning Klagenfurt universiteti professorlari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Professor Jean Chamberlain Chedjouni boshchiligidagi delegatsiya UrDU rektori Baxrom Abdullayev uchrashib, ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokara olib bordi.
Uchrashuv davomida tomonlar har ikkala universitetlarning bugungi kundagi faoliyati, imkoniyatlari hamda xalqaro aloqalari haqida oʻzaro maʼlumot almashdilar.
Doʻstona ruhda oʻtgan suhbat davomida hamkorlikda fizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qo‘shma magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.