Bugun, 16-avgust kuni 2022/2023-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida oʻqish istagini bildirgan va hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonining ikkinchi kuni boshlandi.
Ayni vaqtda suhbat jarayonlarida Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) yoʻnalishining 3-4 guruh hamda Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) yoʻnalishining 1-guruh abituriyentlari ishtirok etishmoqda.
Jarayonlarni onlayn kuzatib boring: https://camera.urdu.uz/


