O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tuzilgan Ekspert guruhining qaroriga asosan 30 nafar nomzoddan 7 nafar iqtidorli ijodkor talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Ularning orasida Urganch davlat universiteti Rangtasvir (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ro‘zmetova Surayyo Bekpulat qizi ham bor.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblariga tantanali ravishda guvohnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur ishtirok etdi va stipendiatlarga guvohnomani topshirdi.


