Bugun, 19-avgust kuni Astraxan davlat universiteti vakillari oʻzaro hamkorlik doirasida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Psixologiya fanlar nomzodi, dotsent, ADU Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Fadina Angelina Gennadyevna boshchiligidagi mehmonlar UrDU rektori Bahrom Abdullayev bilan uchrashib, muzokaralar olib bordilar.
Muloqot chogʻida ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Urganch davlat universitetida Rus tili va madaniyati markazini, Astraxan davlat universitetida esa Oʻzbek tili va madaniyati markazini ochish borasida toʻxtaldilar. Qolaversa, prorektor Angelina Gennadyevna Astraxan davlat universitetining magistratura mutaxassisliklarida ikkinchi til sifatida oʻzbek tili kiritilishini taʼkidladi. Shundan soʻng, tomonlar oʻrtasida shartnoma imzolandi.