Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamda qator tashkilotlar hamkorligida 2022-yilning 22-25 avgust kunlari Toshkent shahrida «Uchinchi renessans – ma’rifatli jamiyat sari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan taniqli olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etmoqda. Xorazm viloyati tarkibida Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, prof. S.Davletov hamda UrDU tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Y.Raxmonovalar qatnashmoqda.

.jpg)

