Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev respublikadagi OTMlarning rektorlari qatorida xorijiy oliy taʼlim muassasalarining Toshkent shahridagi filiallariga tashrif buyurish, tashrif davomida oliy taʼlim muassasasini boshqarishning dolzarb masalalari, kredit-modul tizimi, yangi metodikalar, shu jumladan, Kembridj metodikasi asosida taʼlim jarayonini tashkil etish masalalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Shu munosabat bilan kuni kecha, 24-avgust sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida boʻldilar. Tashrif mobaynida oliygohning oʻquv laboratoriyalari hamda yangi oʻquv yilida taʼlim jarayonining yoʻlga qoʻyilishi bilan yaqindan tanishdilar.

