“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu gʼoya asosida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati tomonidan “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Hotel International Toshkent” mehmonxonasida “Uchinchi renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika konferensiyasi boʼlib oʼtdi.
Ushbu anjumanda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 130 nafar taniqli olimlar, ziyolilar, professor-oʼqituvchilar, shoir va yozuvchilar, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolaridan iborat bir guruh targʼibotchilar ishtirok etdi.
Konferensiyada UrDU birinchi prorektori, t.f.d., prof.S.Davletov "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlar merosining o‘rni" mavzusida ma'ruza qildi.



