Bugun Urganch davlat universitetida 2022/2023-oʻquv yilining ilk Kengash majlisi boʻlib oʻtdi. Majlis yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlandi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Unda kun tartibidagi quyidagi masalalar boʻyicha masʼullar tomonidan maʼlumot berildi hamda Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalar tinglandi:
▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtiroki haqida;
▪️2022-2023-o‘quv yili uchun Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
▪️Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2022-2023-o’quv yili uchun “Yo’l xaritasi”ni muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risida;
▪️Yangi o‘quv yili uchun universitet Kengashi ish rejasi va kengash tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
Kengash yigʻilishi yakunida turli xil masalalar muhokama etildi va universitet rahbariyatining tegishli topshiriqlari berildi.




