Urganch davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Xodjaniyazov Sardor Umarovich «Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy dunyoqarashi asosida yoshlar ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini takomillashtirish» mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengashining 2022-yil 30-avgustdagi majlisida muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ustozimizni navbatdagi yutuqlari bilan samimiy tabriklagan holda universitetimiz olimlarining safi kengayaversin deymiz!

