Yangi 2022-2023-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Urganch davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!” shiori ostida Mustaqillik darslari olib borilmoqda.
Yangi oʻquv yilining ilk Mustaqillik darsi anʼanaga muvofiq universitet madaniyat saroyida, jamiyatimizda oʻz oʻrniga ega ziyoli insonlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Darsni Xorazm viloyati hokimining ijtimoiy soha boʻyicha oʻrinbosari S.Salayev, universitet rektori, f-m.f.d. B.Abdullayev hamda “Tarix” kafedrasi dotsenti, t.f.d. S.Matkarimovalar olib bordi.
Dars jarayonlarida talabalarga mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va jadal rivojlanishlar haqida gapirib berdilar, soʻnggi yillarda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha toʻxtaldilar.
Talaba-yoshlarga oldinda turgan ta’lim jarayonlarida muvaffaqiyat tiladilar.

.jpg)

