Urganch davlat universitetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Orientation Week” haftaligi doirasida rahbariyatning talabalar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Bugun UrDU Birinchi prorektori S.Davletov Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan fakultetning dekani muovinlari va tyutorlari hamrohligida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar bilan muloqot qilib, loyiha doirasida o‘tkaziladigan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida maʼlumot berdi.



