Xalqaro hamkorlik

Bugun AQShning English Language Fellows dasturi mutaxassisi Alberto Navarro-Medina Balam, Toshkentdagi AQSh elchixonasi vakillaridan Jamoatchilik ishlari bo'limi boshligʻi Nodira Musaxo‘jayeva va viza konsullik bo'limi xodimi Juliana Hopson Urganch davlat universitetida boʼldilar.

Mehmonlar UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar. Muloqotda AQSh OTMlari bilan loyihalari, talaba va professor-o‘qituvchilar mobilligi dasturlari hamda xalqaro konferensiyalarda AQShlik professor-o‘qituvchilar haqida soʻz bordi.  Suhbat chogʻida mehmonlar olib borilayotgan hamkorlik aloqalaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Kelgusida “Roman-German filologiyasi” kafedrasida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchi Alberto Navarro talabalarga va o‘qituvchilarga ingliz tilini samarali uslublarda o‘qitishda o‘z tajribasini baham ko‘rishdan xursandligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Juliana Hopson AQSH visa turlari va xalqaro stipendiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. 

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik