Bugun Jismoniy madaniyat fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadidagi ushbu uchrashuv UrDU Birinchi prorektor S.Davletov boshchiligida boʻlib oʻtdi.
▫️Tadbirda oʻtgan oʻquv yili davomida universitetning maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarida faol qatnashgan talaba-yoshlar ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ushbu talabalarga universitetning esdalik sovgʻalari topshirildi.



