2022-2023-oʻquv yilida Urganch davlat universitetiga talabalikka tavsiya qilingan oʻgʻil-qizlar uchun “Tanishtiruv haftaligi” davom etmoqda. Unda universitet rahbariyati har bir fakultetning 1-kurs talabalari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Bugun, 10-sentabr kuni Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan UrDU Birinchi prorektori S.Davletov fakultet dekani D.Gʻayipov hamrohligida uchrashuv oʻtkazdi.
Soʻzi avvalida yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtaldi. Shuningdek, universitetning odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi haqida soʻz yuritdi.
Shuningdek, fakultet dekani D.Gʻayipov ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berib, fakultet hayoti bilan tanishtirdi.
Muloqot erkin tarzda, savol-javob yoʻsinida oʻtkazildi.



