Mazkur uchrashuvlardan maqsad talaba-yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, ular uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, toʻgaraklardan xabardor qilishdan iborat. Bular haqida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov atroflicha maʻlumot berdi.
Uchrashuvda dekan muovinlari, tyutorlar ishtirok etib, ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berdilar.



