Bugun, 11-sentabr kuni Urganch davlat universitetiga Xorazm viloyati rahbariyati (Viloyat hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari K.Sabirov) hamrohligida Isroil davlatining Netafim kompaniyasi vakili (Gregory Israilov) va Turkiyaning Veradrip kompaniyasi vakili (Karimbek Akduan) tashrif buyurishdi.
UrDU rektori B.Abdullayev bilan kechgan uchrashuvda suvni tejash va hosildorlikni oshirish maqsadida sug’orish usulini tomchilatib sug’orish usuliga o’zgartirish bo’yicha seminar tashkil qilinib, xorijiy kompaniyalar vakillari bilan tajriba almashishdi va takliflar eshitildi.
Urganch davlat universiteti bilan kelgusida Xorazm viloyati tashabussi bilan Isroilda joylashgan dunyodagi yetakchi Netafim kompaniyasi, Isroilning yetakchi ta’lim muassasasi bo’lmish HTI (Holon texnologiya instituti) bilan hamkorlikda sug’orish tizimlarini yetkazib berish va o’rnatish, agrotexnik yordam ko’rsatish bo’yicha universitetda kurslarni tashkil etish hamda mutaxassislarni jalb qilishga kelishildi.
Shu bilan birga Urganch davlat universitetida Turkiyaning Veradrip kompaniyasi bilan hamkorlikda universitet talabalarini tomchilab sug’orish bo’yicha o’qitishni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokara olib borildi.