Bugun Fizika-matematika fakulteti tashabbusi bilan “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati mintaqaviy filiali shifokori F.Otajanov, fakultet tyutorlari hamda 223, 225-guruhlar Matematika, 223-guruh Fizika yoʻnalishi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda OITS va uning ayanchli oqibatlari haqida aytilib, turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi toʻgʻrisida gapirildi.
Oliygohlarda bunday profilaktik tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad talaba-yoshlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi maʼrifat ilmi bilan kurashish ekanligi taʼkidladilar. Tahliliy maʼlumotlar va faktlar asosida OITSning salbiy oqibatlari tushuntirildi.