Ingliz tili orfografiyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi

Bugun, 27-sentabr kuni ingliz tili orfografiyasi bo'yicha universitet talabalari o'rtasida tanlov o'tkazish maqsadida Amerika kengashi AC vakili Access dasturi koordinatori Chris Cowan, Amerika kengashi AC ESN coach Maureen Rooney, Fulbright ETA Daniel Kase va Ottillie Cooper-Ohm Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. 

Tanlovda Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirok etib, ularning orasidan Malik Durdibayev, Shahodat Rahmatullayeva, Yulduz Abdalayzova, Ma'rifat Matmuratovalar g'olib bo'ldilar.

Endilikda g'olib talabalar noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Ingliz tili orfografiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyo" tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Kunning ikkinchi yarmida Amerika kengashi Access dasturi koordinatorlari Chris Cowan va Shabnam Akbaralilar  “Access” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan dars jaroyonlari bilan tanishdilar, talabalar bilan suhbatda bo'ldilar.

Ingliz tili orfografiyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi;urdu.uz

Ingliz tili orfografiyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi;urdu.uz

Ingliz tili orfografiyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi;urdu.uz

Ingliz tili orfografiyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi;urdu.uz