Dunyodagi minglab kasblar orasida eng buyuk kasb – bu o’qituvchilik kasbidir. Chunki, o’qituvchilik toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi.
Bugungi bayram dasturidan oʻrin olgan har bir badiiy chiqishda ana shu oʻzbekona qadriyat mujassam boʻldi.
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida tashkil etilgan bayram tadbirida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Konsert dasturini rektor Baxrom Abdullayev tabrik so‘zi bilan ochib berib, Urganch davlat universitetining koʻp sonli professor-o‘qituvchilar jamoasini qizgʻin muborakbod etdi.
Badiiy chiqishlarda Filologiya va Pedagogika fakultetining bir guruh iqtidorli, isteʼdodli talabalari bor mahorati ila sheʼr va ashulalari, kuy va qoʻshiqlari, goʻzal raqslari bilan tadbir qatnashchilarini dilini xushnud qilib, bayram shukuhini bagʻishladilar.
Tadbir yakunida faxriy ustozlarimizning tabrik soʻzlari tinglandi.
Yana bir bora bayramingiz qutlug bo‘lsin, aziz ustozlar!