Faxriy ustozlarimiz mudom e'zozda!

Joriy yilning 27-sentabr kuni Filologiya fakulteti tyutori G.Qozoqova 204-guruh talabalari bilan birgalikda "1-oktabr -- Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan fakultetda o'zining ko'p yillik samarali mehnati bilan faoliyat olib borgan dotsent Ozod 
Botirov xonadoniga tashrif buyurdilar. Serqirra ustoz faoliyati davomida talaba-yoshlarga vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi g'oyalarni singdirish bilan bir qatorda, yoshi ulug'larga, milliy an'ana va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek sharafli kasbda mehnat qilganligi haqida tushunchalar berildi.Tashrif davomida kamtarin ustozga fakultetning bayram tabrigi va esdalik sovg'alari yetkazilib, 
she'r hamda istaklar guldastasi o'qib eshittirildi.