An'anani davom ettirgan holda joriy yilning 29-sentabr kuni faxriy ustoz Salayev Qadamboy Babajanovichni Filologiya fakulteti 205- (yevro) rus tili yo'nalishi guruhi talabalari "1-oktabr -- O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan samimiy qutladilar.
Ustozning ilm-fan, ta'lim va tarbiya sohasida olib borgan samarali mehnati shogirdlar ardog'ida har doim bo'lishi talabalar tomonidan e'tirof etilib, bundan keyingi ishlarida kattadan katta muvaffaqiyatlar yor bo'lishi haqida tilaklar izhor qilindi.