Germaniyaning SES (Senior Experten Service) Xalqaro tashkilotidan taklif etilgan Janob Ralph Borschel Shu yilning 12-30 sentabr kunlari Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida dars mashgʻulotlarini olib bordi.
Janob Ralph Borschel universitetimizda 2101-nemis hamda 2101-fransuz guruhlarida o'quv mashg'ulotlar o'tkazib, talabalarga chet tillarini osonlik bilan o'zlashtirishlarida ko'nikma berdi.
Talabalar bilan tashkil qiligan qiziqarli darslardan tashqari, Ralph Borschel “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchilariga seminar-trening o'tkazdi.
Janob Ralphning 3 haftalik tashrifi davomida talabalarimiz nemis hamda fransuz tillarida gapirish, yozish, eshitish, tinglash ko'nikmalarini oshirishdi hamda Germaniya va Fransiya davlatlarining hayoti, madaniyati, ta'lim tizimi haqida qiziqarli ma'lumot va bilimlarga ega bo'lishdi.