Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuvi bugun, 3-oktabr kuni davom etdi. Uchrashuvda UrDU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Allaberganov, Yoshlar ittifoqining Urganch davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Samandarov hamda fakultet tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda asosiy masala taʼlimdagi islohotlar, universitetning sharoit va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, talabalar turar joyiga joylashish masalasi, universitetning ichki tartibi, “Odob-axloq” qoidalari va kiyinish madaniyatiga rioya qilish kerakligini aytib o‘tildi. Rektor B.Abdullayev talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.
Universitetda rektor va talabalar uchrashuvi davom etadi.


