Tomsk davlat universiteti rektori maslahatchisi UrDUda boʻldi

Bugun Rossiyaning hamkor Tomsk davlat universiteti rektorining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlash boʻyicha maslahatchisi Sergey Yun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Shu munosabat bilan Tomsk davlat universiteti vakili hamda UrDU rektori B.Abdullayev, O’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor G’.O’razboyevlar ishtirokida rasmiy  uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv avvalida Sergey Yun tashrifdan maqsad Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish ekanligini bildirdi. 

Muloqot chogʻida UrDU rektori B.Abdullayev Rossiya oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari, universtetining o’quv jarayoniga jalb qilinayotgan professor-o’qituvchilar to’g’risida maʼlumot berdi. 

Shuningdek, Tomsk davlat universitetining IT maktabi hamda biologiya, kimyo va elektrotexnika sohalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish  imkorniyatlari muhokama qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

urdu.uz, Tomsk davlat universiteti rektori maslahatchisi UrDUda boʻldi