Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi

Urganch davlat universitetida talabalarning maishiy muammolarini aniqlash va hal qilish, ular orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan  “Talaba xavfsizligi” profilaktik oyligi doirasida huquq-targʻibot organlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼnaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun, 12-oktabr kuni ana shunday uchrashuvlardan biri Tarix fakultetining 2-kurs talabalari bilan “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish” mavzusida boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori  S.Davletov, Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muvoni H.Saidov hamda universitet profikatika inspektorlari leytenant D.Sapayev va mayor M.Ximmatovlar ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan saqlanish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar va ularning samaradorligi, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda ma’naviy-maʼrifiy ishlarning ahamiyati, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda tashkil etilgan toʻgarak va klublarda faol qatnashish lozimligi, internet tarmoqlaridan foydalanish madaniyatiga rioya qilish kabi muhim masalalarga eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

urdu.uz, YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

urdu.uz, YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

urdu.uz, YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

urdu.uz, YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI