Koreyaning Dongshin universiteti rektori Dr. Lee Ju Hee boshchiligidagi bir guruh mehmonlarimiz bugun Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar. Koreys tili dars jarayonlarini kuzatib, talabalar va oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻldilar.
Taʼkidlash joizki, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi joriy yilda Jamila Ermetova boshchiligida Koreyaning SEED dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Koreyashunoslik Akademiyasi” grantini qo‘lga kiritdilar. Bunga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab “Koreyashunoslik va tillarni o‘qitish” bakalavr yo‘nalishi o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu yo‘nalishda talabalar nafaqat koreys tilini o‘rganadilar, balki Koreyaning tarixi, madaniyati, urf-odati haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Bu esa koreyalik hamkor universitetlar yordamida, jumladan, Dongshin universiteti yordamida yanada muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetiga tashrifi doirasida ushbu loyiha uchun ajratilgan xona bilan ham yaqindan tanishdilar.