Talabalar oʻrtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan profilaktik tadbir oʻtkazildi

Tadbirda Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov,  rektor maslahatchisi R.Sharipov,   Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i  S.Palvonov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori, mayor J.Masharipov,  “Ko’zli ota” Jome masjidi imom xatibi X.Otajonov, Urganch shahar “Ma’rifat” mahallasi yoshlar yetakchisi A.Matchonov hamda Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda Xorazm viloyatida yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan  jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularni bartaraf etish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha soʻz yuritdilar.   

Yoshlar o‘rtasida jinoyatlarning oldini olish, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, talabalarning intizomi va davomatini doimiy ravishda nazorat qilish kerakligi hamda  "jinoyat”,  uning kelib chiqish sabablari, bunga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar xususida to‘xtalib, barcha talabalar ogohlikka chaqirildi.

“Jinoyatning oldini olish, ularga qarshi kurashish faqat davlatning yoki huquq-tartibot idoralarining vazifasi emas. U hammamizning va har birimizning burchimizdir. Kasalni davolagandan ko‘ra oldini olgan afzal», -  degan fikrlarini ilgari surishdi.