Bugun, 17-oktabr kuni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturining 35- va 46-maqsadlarida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Ibragimov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib, bu borada universitetda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov boshchiligidagi tegishli masʼullar ishtirokida seminar oʻtkazdi.
Seminarda universitetda masofaviy ta’lim shaklining tashkil etilishi holati, xususan, masofaviy ta’lim shaklida o‘quv tashkil etilgan ta’lim yoʻnalishi, talabalar soni, professor-o‘qituvchilarga darslarning taqsimlanishi, onlayn-platformalar, masofaviy ta’lim shaklini tashkil etish uchun o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik bazaning mavjudligi kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.