Bugun Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Ibragimov Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida rektor B.Abdullayev boshchiligidagi universitet rahbariyati, faollari va professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib kelgani, hatto xalqaro maydonda ham yurtimiz obro‘-e’tiborini yangi bosqichga olib chiqqanligi taʼkidlandi. Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni ishonch bilan hal qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish uchun oliy o‘quv yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilayotgani eʼtirof etildi.
Shundan soʻng, hozirgi kunda oliy taʼlim sohasidagi dolzarb muammo va kamchiliklar haqida atroflicha fikr almashildi.


.jpg)