Urganch davlat universiteti Volontyorlik markazining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi volontyor talabalari ““Yashil makon”ga mening hissam” shiori ostida universitet tevarak-atroflarida manzarali daraxtlarni ko‘paytirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ushbu yo‘nalishi volontyorlari oliy ta’lim muassasasi hududida yoki boshqa joylarda o‘tkaziladigan ommaviy hasharlar, daraxt ekish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatishi bilan ajralib turadilar.