Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan volontyor tarjimonlar jamoasi 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Universitetimizda tashkil etilgan ushbu koʻngilli talabalar jamoasiga fakultet katta oʻqituvchisi M.Atajonova rahbarlik qilib kelmoqda. Jamoa tarkibi asosan fakultetning fidoiy talaba-yoshlari va professor-oʻqituvchilaridan tashkil topgan boʻlib, ular viloyatimizda boʻlib oʻtayotgan bir qator xalqaro tadbirlar, forumlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, rasmiy tashriflar, muzokaralar, turizmni rivojlantirish ishlari, sport va madaniy tadbirlarda koʻngilli tarjimon sifatida faol qatnashib, mamlakat rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi vakillari ushbu jamoaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

.jpg)
