2022-yil 21-oktabr sanasida UrDU Filologiya fakulteti tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining “O'zbek tili bayrami” kuniga bag'ishlangan oktabr oyi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Filologiya hamda Tabiiy fanlar fakultetidan 6 nafar talaba mahorat maydonida kuch sinashdilar. Ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh tashabbuskor, shijoatli, notiqlik mahoratini namoyon etishda o'zini sinash istagidagi talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz isteʼdodlarini namoyish qildilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Soburyozova Farangiz - Filologiya fakulteti 202-guruh talabasi;
2-o'rin: Egamova Komila - Filologiya fakulteti amaliy filologiya yo'nalishi 221-guruh talabasi;
3-o'rin: Hayitboyeva Anaxon - Tabiiy fanlar fakulteti 201-guruh talabasi.
Tadbirning badiiy qismi 193-guruh talabalari tomonidan tayyorlandi. Yurtimizning mashhur notiqlari tomonidan bildirilgan nutq madaniyatiga oid videoroliklar, dilbar qo'shiq-u go'zal raqslar, ona tilimizning sofligi saqlash haqida tashabbuslar o'zida aks ettirgan sahna ko'rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.
Faxrli oʻrin sohiblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.



