Janubiy Koreyaning Silla universiteti Vitse prezidenti professor Pyeoungkee Kim, Xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori professor Hyung Geun Kim, Koreys tili mutaxassisi, koreyscha kontentni rivojlantirish bo'yicha professor Jeong Seonlar bugun Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar.
Koreyaning SEED dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyiha uchun ajratilgan xona bilan yaqindan tanishdilar. Koreys tili dars jarayonlarini kuzatib, talabalar va oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻldilar. Talabalarimiz bilan koreys tilida muloqot qilib, ularning ushbu tilni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlariga guvoh boʻldilar.