Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Jamolbek Mattiyev Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari” dasturi asosida, 1 May – 1 Avgustgacha Sloveniya davlatining Ljubljana universitetida “Sunʼiy intelekt” sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini ishlarini olib bordi. Tashrif davomida Jamolbek Mattiev Urganch davlat universiteti va Ljubljana universiteti o’rtasida hamkorlik memorondumi imzolanishida o’z xissasini qo’shdi va xalqaro hamkorlik bo’yicha kelgusidagi loyihalar muhokama qilindi.