Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Kimyoviy texnologiyalar fakultetining oʻquv binosi bilan tanishdi

Bugun Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oʻquv binosining kapital taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida hududda boʻldi. UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamrohligida  binoning oʻquv auditoriyalari, maʼruza zallari, zamonaviy laboratoriya xonalarini koʻzdan kechirib, tegishli topshiriqlar berdi. 

Tashrif doirasida fakultetning professor-oʻqituvchilari bilan suhbatda boʻlib, ularning ilmiy izlanishlari, loyihalariga guvoh boʻldi, ushbu yangiliklarni amaliyotga tadbiq etilishi bilan qiziqdi. 

Maʼlumot oʼrnida: 800 oʻringa moʻljallangan ushbu oʻquv binosi 4 qavatdan iborat. Binoda 11 ta yangi zamonaviy laboratoriya xonalari, 3 ta maʻruza zallari, 18 ta oʻquv xonalari mavjud. 

urdu.uz, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Kimyoviy texnologiyalar fakultetining oʻquv binosi bilan tanishdi