Bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan salbiy illatlar barchani tashvishga solib kelayotgani ma’lum. Buning oldini olish uchun esa yoshlarni ilm-maʼrifatli, komil inson qilib tarbiyalash jamiyatimiz, ziyolilarimiz oldida turgan kechiktirib boʻlmas vazifadir.
Joriy yil 26-oktabr kuni Urganch davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv ham aynan shu maqsadga qaratildi.
Tadbir UrDU oʼquv ishlari boʼyicha prorektori S.Xodjaniyozov raisligida oʻtkazilib, unda Xorazm viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari M.Umurzaqov, O’zbekiston Musulmonlar idorasining Xorazm viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi X.Abdullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʼlimi boshligʼi Gʼ.Atajonov, , UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda, avvalo, talaba-yoshlarni ilgʻor gʻoya va tashabbuslari bilan yaqinda tanishishga va ularni muammolarini oʻrganishga alohida etibor qaratildi.
Qolaversa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy hatarlar va ularni oldini olish masalalari, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo'yicha atroflicha so'z yuritildi, hayotiy misollar keltirildi.
Internet tarmog‘i orqali diniy ekstremistik g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari yoshlarimiz ongiga o‘zlarining g‘oyalarini singdirishga urinayotganliklari, soha mutaxassislari bu kabi salbiy tahdidlarning oldini olish, ularga qarshi maʼrifat bilan kurashish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar maʼnaviyati yuksak, o‘zining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mahkam tutgan xalqni hech bir kuch yenga olmasligi, yoshlar ko‘p kitob mutolaa qilishi kerakligi, ilmli inson hech qachon kam boʻlmasligi taʼkidlanib, talabalarni dangasalikka berilmaslik va atrofimizda kechayotgan jarayonlarga loqayd va beeʼtibor boʻlmaslikka chaqirdilar.
Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.