Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

2022-yilning 28-oktabr kuni Urganch davlat universitetiga Rossiyaning Astraxan davlat universiteti rektori Markelov Konstantin Alekseevich va hamrohi Raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik fakulteti dekani Ajmuhamedov Iskandar Maratovich Urganch shahriga tashrifi buyurishdi.

Astraxan davlat universiteti vakillari hamda UrDU rektori B.Abdullayev, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bugungi kunga qadar ikki davlat o‘rtasida tashkil etilgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumlari, Astraxan davlat universiteti va Urganch davlat universiteti bilan uzoq yillardan beri samarali amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar almashinuvlari haqida soʻz bordi.

Rektor B.Abdullayev Astraxan davlat universiteti imkoniyatlari toʻgʻrisida gapirar ekan, ta’lim va ilmiy yo‘nalishda, start-up loyihalarini amalga oshirishda ham hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Tomonlarning oʻzaro manfaatli muloqotlaridan soʻng, rektorlar universitetlar  o‘rtasida Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

urdu.uz, Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

urdu.uz, Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

urdu.uz, Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

urdu.uz, Rus tili markazini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi