Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi bugun, 2-noyabr kuni Kimyoviy texnologiyalar fakultetining 1-kurs talabalari bilan boʻlib oʻtdi.
▪️Uchrashuv avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
▪️Shuningdek, keyingi yillarda fakultet olimlari, doktorant va magistr talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida ham alohida aytib oʻtildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.