2022-yil 3-noyabr kuni UrDU Iqtisodiyot fakulteti tomonidan Xiva tumani “Qumyop” mahallasida uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish va OTMga tayyorlov kurslarini tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish yuzadan uchrashuv tashkil etildi.
▫️Uchrashuv 15-son umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida oʻquvchilar Urganch davlat universiteti bilan yaqindan tanishtirilib, ularni bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.