Dekan va yoshlar uchrashuvi

Joriy yil 4-noyabr sanasida UrDU Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev universitetning 5-sonli TTJda istiqomat qilayotgan fakultet talabalari bilan uchrashdi. “Menejment va marketing” kafedrasining “Kafedra kunlari” doirasidagi ushbu uchrashuvda fakultet kafedra mudirlari, o‘qituvchilari, xorijiy professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi. 

▪️Uchrashuvda dekan I.Abdullayev talabalar bilan suhbatda boʻlib, u yerda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga chaqirdi. Ichki tartib-qoidalar, talabalar xavfsizligi, ta'lim jarayonlari haqida so'z yuritdi. Sababsiz dars mashg'ulotlarini qoldirmasliklari hamda darslarni o'z vaqtida o'zlashtirishlarini ta'kidladi.  Talabalarni qiynayotgan muammolar haqida soʻradi.

▫️Shuningdek, uchrashuvda talabalar xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni davom ettirish yuzasidan zarur maʼlumotlarga ega boʼldilar. 

urdu.uz, Dekan va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Dekan va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Dekan va yoshlar uchrashuvi