Rossiyaning Leningrad davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori Shaydurov Vladimir Nikolayevich UrDU talabalariga maʼruza oʻqiydi

Keyingi yillarda Rossiya va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jumladan, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha sheriklik ham tobora kengaymoqda. Bu borada Rossiya-O'zbekiston ta'lim forumlari ham ikki mamlakat o'rtasida ta'limning barcha bosqichlarni rivojlantirish uchun koʻprik boʻlmoqda. 

Urganch davlat universitetining ham Rossiya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi tobora mustahkamlanmoqda. Rossiyaning  A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori Shaydurov Vladimir Nikolayevichning joriy yil 7-noyabrda 7-dekabriga qadar  Tarix fanidan talabalarimizga maʼruza oʻqishi Leningrad davlat universiteti bilan hamkorlik uchun ilk qadam sanaladi.  Bugun universitetimizga tashrif buyurgan Shaydurov Vladimir Nikolayevich rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi.  Uchrashuvda bir oy mobaynida UrDU Tarix fakulteti talabalariga oʻqiladigan maʼruzalar haqida soʻz yuritildi. 

Qolaversa, ikki universitet hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tomonlar oʻzaro  fikr almashdilar, takliflarini ilgari surdilar. Jumladan, ilmiy sohada hamkorlik qilish, birgalikda ilmiy maqollarni jahonning nufuzli jurnallarida chop etish, Urganch davlat universitetiga Difektologiya va Psixologiya boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb qilish, professor-oʻqituvchilar va talabalar mobilligini tashkil etishga kelishib olindi.

urdu.uz, Rossiyaning Leningrad davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori Shaydurov Vladimir Nikolayevich UrDU talabalariga maʼruza oʻqiydi