Bugun, 8-noyabr kuni Astraxon davlat universiteti va Urganch davlat universiteti o'rtasidagi Rus tili taʼlim yoʻnalishida qo'shma taʼlim dasturida taʼlim olayotgan talabalar uchun "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik-tanlov Urganch davlat universitetida rus-o'zbek madaniy markazi ochilishi munosabati bilan Astraxan davlat universiteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Filologiya fakultetining 191-AGU guruhi talabalari faol qatnashdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, tanlovning mutloq g'olibasi 191-AGU guruhi talabasi Rahmonova Nazokat deb e'lon qilindi.
Tadbir yakunida “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi J.Raximov so'zga chiqib, ushbu tadbirni tashkil qilgani uchu Astraxan davlat universiteti jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.