Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, transport va piyodalar, jumladan, yoshlar ishtirokidagi YTHlarning oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish – inson umri uchun nihoyatda muhim masala sanaladi.
Joriy yil 12-noyabr kuni UrDU Tabiiy fanlar fakultetida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1-safarbarlik guruhi komandiri, kapitan Doniyor Sa'dullayev ishtirokidagi uchrashuv ham ayni shu maqsadda tashkil etildi. Uchrashuv "Umr - tezlikdan muhimdir" hamda "Xavfsizlik kamari-hayot garovi" mavzulari atrofidagi inson hayoti, sogʻligʻi va kelajagi uchun dolzarb boʻlgan tavsiyalar, hayotiy misollar haqida boʻldi. Talaba-yoshlar soha mutaxassisidan yoʻl harakati qoidalari va xavfsizligi borasida zarur bilimlar oldilar.
Unutmang: har bir harakat ishtirokchisi oʻzining va oʻzgalarning xavfsizligini taʼminlashga masʼuldir!