2022-yilning 12-noyabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Urganch davlat universiteti faoliyatiga tegishli murojaatlar boʻyicha viloyatimiz fuqarolari uchun Sayyor qabuli oʻtkazildi.
▪️Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan qabulda yoshlar, ota-onalar, universitet xodimlari o‘z muammo va takliflarini erkin tarzda rektorga bildirdilar.
▪️Fuqarolarimizdan asosan, ijtimoiy himoya, TTJ bilan ta’minlash, mahallada infratuzilmani yaxshilash, kitob masalasi kabi murojaatlar kelib tushmoqda. Ushbu masalalar Sayyor qabul davomida koʻrib chiqildi va ayrimlari joyida yechimini topdi.