Bugun Urganch davlat universiteti bitiruvchi talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali xodimlari I.Qurbonov hamda U.Qalandarovlar ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvga UrDU Birinchi prorektori S.Davletov moderatorlik qildi.
▪️Ochiq muloqotda talaba-yoshlar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Prezident qonuni mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish va fuqarolik xizmatini o‘tashning xususiyatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy himoyasi haqidagi bilimlarga ega boʻldilar.
▪️Shuningdek, talabalarga davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portal vacancy.argos.uz hamda tanlov o‘tkazilishida foydalaniladigan asosiy tushunchalar haqida taqdimotlar orqali tushuntirishlar berildi.