Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev maslahatchi Ramazon Sharipov hamrohligida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida yangi qad roslagan, tez orada foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 7-sonli talabalar turar joyida boʻldi. Ushbu zamonaviy tipdagi talabalar turar joyi 4 qavatli, 800 oʻringa moʻljallangan boʻlib, ayni kunlarda binoni jihozlash ishlari ketmoqda.
Rektor B.Abdullayev tashrif mobaynida xonalarga keltirib oʻrnatilayotgan jihozlarning sifatiga va talaba darajasiga eʼtibor qaratib, koʼzdan kechirdi.
Maʼlumot oʻrnida, binoda 8 ta madaniy dam olish xonasi, 4 ta dars qilish xonalari, 8 tadan oshxona va yuvinish xonalari qatori boshqa koʻplab qulayliklarga ega xonalari mavjud.