AQSH elchixonasining Ingliz tili dasturlari boʻlimi, Vermont shtati “STEM4 Learning consulting” kompaniyasi direktori, “English for STEM” fani ekspert mutaxassisi Allan Miller, Joan Miller (trener), shuningdek, Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili o'qituvchisi Feruza Masharipovalarning “NEGA ( Nurturing Engagement and Growth) for all" loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, Xorazm viloyati xalq ta'limi o'qituvchilariga 2022-yilning 22-noyabridan 24-noyabrigacha bo'lib o'tadigan seminarlar bugun o'z ishini boshladi.
Loyiha doirasidagi seminarlarda qatnashchilar chet til o'qitishning interaktiv uslublari va strategiyalarni puxta o'rganadilar. Shuningdek, qatnashchilar “STEM4 learning” loyihasi koordinatorlari Allan Miller va F.Masharipovalar tomonidan loyihaga asoslangan ta'lim, tajribaga asoslangan ta'lim, algoritmik fikrlash, ilmiy mulohazalar qilish, hamkorlikda muammolarni hal qilish, ijodiy yondashuvlarga asoslangan metod yondashuvlaridan trening mashg'ulotlari davomida o'rganib, o'zlarini keyingi faoliyatiga tatbiq qiladilar.


